GM Uzbekistan Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi

GM Uzbekistan Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi

2018 yilning 10 dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

«Model universallik, uslub va ixchamlikning birday mujassamligidir. Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) ma'lumot-ko‘ngilochar tizimi, cvetodiodli kunduzgi yoritish chiroqlari taqdim etilgan. Avtomobil komplektatsiyasiga shuningdek 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa parkovka datchiklari, shuningdek alyuminiy disklari ‘R18 215/55 kiradi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tracker subixcham avtomobillar sinfiga kiradi: uzunligi 4257 mm, kengligi 1776 mm va balandligi 1679 mm. Avtomobilning yoqilg‘i baki 53 litrni tashkil qiladi.

Avtomobil ko‘rinishida unda sport va bashanglik mujassamligi aks etadi. Avtomobilning 1,8 litrli dvigatel hajmi 140 ot kuchiga teng. Avtomobilning mustahkamligi, ishonchliligi va shinamligi SUV V ishqibozi bo‘lgan hech bir xaridorni befarq qoldirmaydi, deya bildirgan kompaniya.

Avtomobilning yoqilg‘i sarfi MT5/AT6 transmissiyali aralash siklda 100 km.ga 7,1 l. tashkil qiladi. Avtomobil 10,6 soniyada 100 km/s tezlikka yetadi. Model 4-silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Birinchi bosqichda Tracker krossoveri savdosi va xizmat ko‘rsatishi bilan O‘zbekistondagi birinchi multibrend «Nurafshon AvtoMarkaz» avtosalonining Sergeli tumani Obihayot ko‘chasi, 39 uyda joylashgan filiali shug‘ullanadi.

Xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Tracker’ning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 308 855 mln so‘m, Premier A/T esa 215 680 575 mln so‘mni tashkil qiladi.

«Tracker yangi modeli o‘z sinfida uslub, sifat, qulaylik va xavfsizlikni mujassam qilgan yangi avtomobil bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga aytish joizki, avtomobilning kompaniya modellar qatoridan joy olishi O‘zbekiston bozori uchun mutlaqo yangi bo‘lgan SUV V sinfini qo‘shish maqsadida amalga oshirilmoqda, Tracker Saptiva avtomobilining o‘rnini egallashga mo‘ljallanmagan», - deya ma'lum qilgan kompaniya.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.