Isroildagi teatrda robot Janna d'Ark rolini ijro etadi

Isroildagi teatrda robot Janna d'Ark rolini ijro etadi


Tel-Avivdagi "Gesher" teatrida qo‘yiladigan "Lolita/Janna d'Ark" spektaklida bosh rolni Moskvada tayyorlangan robot ijro etadi.

"Rejissyor Iyexezkel Lazarov bu robotni turli davlatlarda ishlab chiqarilgan robotlar namunalari orasidan tanlab olgan. U ishlab chiqaruvchi bilan bog‘landi va kompaniya uning buyurtmasiga ko‘ra maxsus robot-qizni tayyorlab berdi", - dedi spektaklda bosh rollardan birini ijro etuvchi aktyor Aleksandr Demidov.

Foto: Isaiah Fainberg

Robot-akyotrga o‘zi mustaqil harakatlanuvchi va muloqotga kirishuvchi KIKI deb atalgan robot-promouter prototip bo‘lgan. Uning bo‘yi 160 santimetr, og‘irligi 80 kilogramm bo‘lib, bir marta quvvvatlanib 8 soatgacha ishlay oladi. KIKI "Olimpiyskiy"dagi konsert tadbirida boshlovchilik qilgan va "Krokus-Ekspo" ko‘rgazma zalida yo‘lboshlovchilik vazifasini bajargan.

Aktyorning aytishicha, robot gapirishi kerak bo‘lgan spektakl matni Moskvada yozilgan. Isroilda esa unga pesa davomida qanday harakatlanish o‘rgatilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.