AQShda ona va qiz bir vaqtning o‘zida go‘zallik tanlovi g‘oliblariga aylandi

AQShning Janubiy Dakota shtatida ona va qiz bir vaqtning o‘zida xalqaro tanlovda go‘zallik qirolichalari deb tan olindi. Bu haqda Fox News xabar berdi.



Foto: Fox News

To‘rt bolaning onasi bo‘lgan Tina Uilson bir necha yil kichik qizi Morganni go‘zallik tanlovlarida olib yurgan va o‘tgan yili o‘zi ham podiumga chiqishga qaror qilgan. 56 yoshli ayol ikkinchi urinishda “Janubiy Dakota go‘zali” (Missis Janubiy Dakota) unvoniga sazovor bo‘lgan.

Xuddi shu tanlovda uning 19 yoshli qizi Morgan ham “Janubiy Dakota go‘zali” (Miss Janubiy Dakota) unvoniga ega bo‘lgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.