Merkel partiya rahbari lavozimini tark etdi, uning o‘rnini partiya bosh kotibi egalladi

Merkel partiya rahbari lavozimini tark etdi, uning o‘rnini partiya bosh kotibi egalladi


7 dekabrda Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zi boshchilik qiladigan “Xristian-demokratik ittifoq” partiyasi qurultoyida partiya yetakchisi sifatida oxirgi marta nutq so‘zladi va partiya rahbari lavozimini rasman tark etdi.

“Men 18 yildan ko‘proq bu buyuk, mag‘rur, yagona xalq partiyasining yetakchisi bo‘ldim va bu menga katta mamnuniyat berdi, bu men uchun sharaf bo‘ldi. Barchangizga rahmat”, deb yuzlangan Merkel partiyadoshlariga.

Merkel o‘z nutqida partiyadoshlarini yangi global tahdidlar oldida avvalgi qadriyatlarga sodiq qolishga chaqirgan.

U nutqidan keyin yoshlarini bazo‘r tutib turgan, qurultoy delegatlari esa uni o‘rnilaridan turgan holda 10 daqiqa olqishlashgan.

Partiya delegatlari partiya rahbari lavozimiga ovoz berishning ikkinchi bosqichida yangi yetakchi sifatida partiyaning bosh kotibi Annegret Kramp-Karrenbauerni saylashdi.

Delegatlar ikkinchi bosqichga o‘tgan ikki nomzod – Kramp-Karrenbauer va sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan o‘rtasida tanlov qilishlariga to‘g‘ri kelgan.

Oktyabr oxirida Merkel partiya qurultoyida partiya rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ymasligini ma'lum qilgan. Keyinroq u 2021 yilda bundestagga nomzodini qo‘ymasligini va kansler sifatida yangi muddatga qolmasligini e'lon qilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.