Angela Merkelning partiya raisi lavozimidagi o‘rnini Kramp-Karrenbauer egalladi

Germaniyaning “Xristian-demokratik ittifoqi” partiyasi yangi raisni sayladi. Mazkur lavozimni 18 yil egallab kelgan Angela Merkel o‘rnini Annegret Kramp-Karrenbauer egallaydi. Ushbu qaror 7-dekabr kuni Gamburgda partiya syezdida qabul qilindi, deb yozadi Reuters.



Foto: Global Look Press

Partiyaning bosh kotibi va Saar yeri sobiq bosh vaziri lavozim uchun kurashda XDI fraksiyasi va Xristian-sotsial ittifoqining bundestagdagi sobiq rahbari Fridrix Mersni ortda qoldirdi. Ular tegishli ravishda 517 va 482 tadan ovoz oldi. Asosiy nomzodlardan uchinchisi — sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpanning nomzodi ovoz berishning birinchi raundidan so‘ng chiqib ketdi.

Syezdda jami 1 001 nafar delegat ishtirok etadi. XDI raisi saylovlari anonim tarzda o‘tkaziladi. Birinchi turdagi g‘alaba uchun nomzod mutloq ko‘pchilik ovozni to‘plashi lozim. Aks holda ikki nomzod ishtirokida ikkinchi tur o‘tkaziladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.