Dog‘istonda o‘zbekistonlik fuqaro xotinining qotiliga aylandi

4-dekabr kuni Qorabudahkent tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda “Zamana.info” nashri xabar berdi.



Foto: “Zamana.info”

“Dog‘iston respublikasi bo‘yicha tergov qo‘mitasi vakili Rasul Temirbekov bo‘lib o‘tgan voqea xususida batafsil so‘zlab berdi,”— deyiladi xabarda.

Soat 12:00 da Qorabudahkent qishlog‘ida 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi turmush o‘rtog‘ining yomon munosabatda bo‘lganligi sababli, uning ko‘krak qismiga pichoq bilan zarba bergan. Ayol voqea joyida, kesilgan jarohatlar oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasida RF JKning 105-moddasiga (qotillik) asosan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Gumondor shaxs qo‘lga olindi, tergov davom etmoqda.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.