Ronaldu Turinni ham zabt etishni boshladi. U “Yuventus”ning noyabrdagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus” klubining noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda Turin klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.



Foto: Twitter/@Cristiano

Ronaldu noyabrda “Yuventus” safida 5 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ronaldu hozirda A Seriyaning ortda qolgan 14 ta turidan so‘ng 10 ta gol bilan to‘purarlar qatorida bormoqda.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.