Facebook ishida uzilish yuz berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishida uzilish yuz berdi. Bu haqda turli saytlar ishlashidagi muammolarni kuzatib boruvchi DownDetector resursi ma’lumotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.



Foto: EPA

Aksariyat foydalanuvchilar (43 foiz) akkauntiga kira olmayapti. Foydalanuvchilarning bir qismi akkauntlaridan “chiqarib tashlangan”.

Foydalanuvchilarning yana 36 foizi ijtimoiy tarmoq sayti yuklanishi bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilgan, 19 foizida esa fotosurat va videoroliklar ko‘rinmayapti.

Facebook ishida uzilishlar asosan Yevropa mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Facebook va YouTube’ga kirishda kuzatilayotgan muammolarga albatta barham berilishi, biroq aynan qachonligi hozircha noma’lum ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.