Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida gen-molekulyar tadqiqotlar o‘tkaziladi

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida gen-molekulyar tadqiqotlar o‘tkaziladi


O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallari gen-molekulyar tadqiqotlar o‘tkazish jihozlari bilan ta'minlanadi.

Bu boradagi ijro muddati - 2019-2020 yillar davomida. Moliyalashtirish manbai: byudjyet mablag‘lari, XMI mablag‘lari.

Ijrochilar SSV (A.Shodmonov), Moliya vazirligi (A.Haydarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S.Xolmurodov), Iqtisodiyot vazirligi (B.Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat hokimliklari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi etib qayta tashkil etilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.