Ramzan Qodirov Shimoliy Kavkaz chegarasidagi blokpostlarni olib tashlashni taklif etdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov federal hukumat va Shimoliy Kavkaz mintaqasidagi respublika rahbarlarini chegaradagi blokspotlarni olib tashlashga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.


Foto: “Vesti”

“Men mintaqadagi respublika rahbarlariga, shu yerda o‘tirgan ishonchli vakillarga, vazirlarga blokpostlarni olib tashlashni taklif qildim. Checheniston va Ingushetiya, Dog‘iston, Shimoliy Osetiyada mintaqaga ham, xalqqa ham foydasiz postlar bor”, – degan Ramzan Qodirov jurnalistlar bilan uchrashuvda.

“Jinoyat qilmoqchi bo‘lgan odamlar blokpostlardan o‘tib kelmaydi. Agar biz tinchlik va inoqlikda yashashni istasak, blokpostlar bizga kerak emas. O‘ylashimcha biz bunga erishamiz”, – deb gapiga yakun yasagan Ramzan Qodirov.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.