AQSh senatorlari Jamol Qoshiqchi o‘limida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini aybdor qilishmoqda

AQShning bir guruh sentorlari Saudiya Arabistoni valiahd shahzoda Muhammad bin Salomni Jamol Qoshiqchi o‘limiga aloqadorligi sababli, uni javobgarlikka tortish haqidagi rezolyutsiyani ko‘rib chiqish uchun Kongressning yuqori palatasiga kiritdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma’lum qildi.


Foto: MirNews

“Saudiya Arabistoning valiahd shahzodasi xavfsizlik xizmatining ishini nazorat ostida ushlagan hamda Kongressmenlarga taqdim etilgan hujjatlardan Muhammad bin Salom Jamol Qoshiqchining o‘limiga aloqadorligi isbotlangan”, – deyilgan kongressmenlar hujjatida.

Mazkur rezolyutsiya, Prezident Donald Tramp ma’muriyatini hamda xalqaro hamjamiyatni jurnalist o‘limiga sababchi bo‘lgan barcha jinoyatchilarni javobgarlikka tortishga chaqirgan, shu jumladan Saudiya Arabistoning valiahd shahzodasi Muhammad bin Salomni ham.

Ma’lumot o‘rnida, rezolyutsiya qabul qilinsa ham, hech qanday qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi. Rezolyutsiya agar Senat tomonidan qabul qilinsa, AQShning Jamol Qoshiqchi o‘limiga rasmiy munosabatini hamda Saudiya Arabiston shahzodasi Muhammad bin Salom uning o‘limi uchun to‘liq javobgarligini ma’lum qiladi.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.