2019 yil Davlat byudjyeti daromadlari qaysi manbalar hisobidan shakllantiriladi?

2019 yil Davlat byudjyeti daromadlari qaysi manbalar hisobidan shakllantiriladi?


Moliya vazirligi taqdim etgan Davlat byudjyeti loyihasida 2019 yilgi daromadlar 102,6 trillion so‘m (2018 yilga nisbatan 37,8 foiz o‘sish) yoki YaIMga nisbatan 24,2 foiz miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Byudjyet loyihasiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i 40 786,3 mlrd so‘m (39,7%), aksiz solig‘i 12 681, 3 mlrd so‘m (12,4%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 11 367,4 mlrd so‘m (11,1%) bo‘lishi kutilmoqda. Davlat byudjyeti daromadlarining yarmidan ortig‘i (54,1 foizi) yoki 55,5 trln. so‘m. aylanma soliqlar hisobiga hosil bo‘ladi.

Loyihada aylanma soliqlarning asosiy tushumlari QQS hisobiga (74 foizi) ta'minlanishi, yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so‘mga yetgan korxonalar umumiy belgilanadigan soliqlar to‘lashga o‘tkazilishi munosabati bilan, soliq to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga QQSni oshirish rejalashtirilmoqda. Aktsiz solig‘i tushumining oshishi alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiyasi bilan bog‘liq. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov esa 335,8 mlrd so‘mni tashkil etishi prognoz qilindi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan 20,7 trln. so‘m. miqdorida daromad tushishi rejalashtirilgan, bu Davlat byudjyetining umumiy daromadlarida 20,1 foizni tashkil etadi. Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i prognozi 14,6 trln. so‘mni yoki Davlat byudjyeti umumiy daromadlarining 14,2 foizini tashkil etadi.


Bundan tashqari, loyihada Davlat byudjyetidagi umumiy tushumlarning 37,5 foizi yirik soliq to‘lovchilarning hissasiga to‘g‘ri kelishi prognozlangan. Unga ko‘ra, davlatga sotilgan Ucell umumiy tushumlarning 0,7% qismini qoplashi kutilgandi.


Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.