Yevropada jamoat transporti tekin bo‘lgan mamlakat paydo bo‘ladi

Lyuksemburg jamoat transporti uchun haq to‘lashni to‘liq bekor qiluvchi birinchi mamlakatga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.



Foto: The Guardian

Mamlakatda poyezdlar, tramvay va avtobuslardan foydalanganlik uchun haq olish 2019-yilning yozidan to‘xtatiladi. Bundan tashqari, 2020-yil boshidan chiptalar tizimini butunlay bekor qilish va shu tariqa mazkur sohani tartibga solish va tarif yig‘imlaridan tejash rejalashtirilmoqda.

Hozirda Lyuksemburgda 20 yoshgacha bo‘lgan odamlar jamoat transportida tekin yurishi mumkin — mazkur qoida o‘tgan yozdan beri amal qilmoqda. Bundan tashqari, chekka joylardan qatnovchi yo‘lovchilar ikki soat davomidagi istalgan safar uchun atigi ikki yevro to‘laydi.

Nashrning ta’kidlashicha, Lyuksemburg daxshatli tirbandliklardan aziyat chekadi. Bu 600 ming aholisi bo‘lgan mamlakatga yana 200 ming kishi har kuni Fransiya, Belgiya va Germaniyadan ishga qatnashi bilan bog‘liq.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.