Kichik Bush otasining so‘nggi so‘zlarini xotirladi

AQShning 41-prezidenti katta Jorj Bushning so‘nggi aytgan so‘zlari bu sevgi izhori edi, bu haqda prezident bilan vidolashuv marosimida uning o‘g‘li AQShning 43-prezidenti kichik Jorj Bush so‘zlab berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.



Foto: AP Photo

Kichik Bush otasiga o‘tgan juma kuni qo‘ng‘iroq qilgan va o‘sha kuni ota o‘g‘lini eshitgan, ammo deyarli gapira olmagan.

“Men otamga uni yaxshi ko‘rishimni va u eng yaxshi ota bo‘lganini aytdim”. U hayotligida aytgan so‘nggi so‘zi “Men ham seni yaxshi ko‘raman”, — deydi ko‘z yoshini zo‘rg‘a yashirgan sobiq prezident. U onasi Barbara Bushning o‘limidan so‘ng otasi kuchli bo‘lib qolganini, ammo yana uni ko‘rish istagida yashaganini aytdi.

O‘g‘il o‘z so‘zlarini endi otasi yana onasi bilan ko‘risha olishi va 3 yoshligida vafot etgan singlisi Robinni bag‘riga bosa olishi mumkinligini aytib yakunladi.

Kichik Bush otasini xotirlar ekan uning juda ajoyib ota va prezident bo‘lganini qayd etdi.

6-dekabr kuni Vashingtondagi Milliy kafedral soborida katta Bush bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi, u yakunlangach, tobut Texasga olib kelindi va o‘sha yerda dafn etildi.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.