O‘qituvchilar eng ko‘p maosh oladigan 17 mamlakat (foto)

O‘qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog‘liq bo‘lgan xalqning savodli bo‘lishi uchun poydevorni aynan o‘qituvchilar qo‘yadi. Ayrim mamlakatlarda o‘qituvchilarning davlat rivoji uchun qo‘shayotgan hissasi yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to‘lanadi, deb yozadi Uz24.

Quyida o‘qituvchilar yiliga eng ko‘p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin:

Fransiya —31,421.49 dollar

Fransiyada école maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta’limdan keyin majburiy ta’lim tizimi uchta: école, collège va lycée bosqichlariga bo‘lingan.



Foto: Uz24

Portugaliya — 32,563.75 dollar

Portugaliyada maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan davrda ta’lim olish uchun davlat yoki xususiy ta’lim muassasasidan birini tanlash mumkin.



Foto: Uz24

Kosta-Rika — 33,519.29 dollar

Kosta-Rikada o‘quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o‘quvchilari bir xil libosda yurishi shart.



Foto: Uz24

Shvetsiya — 36,766.81 dollar

Shvetsiyada majburiy maktab ta’limi to‘rt: maktabgacha, kichik, o‘rta va katta ta’lim bosqichlariga bo‘linadi.



Foto: Uz24

Avstriya —37,122.44 dollar

Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etilgan.



Foto: Uz24

Finlyandiya — 37,728.28 dollar

Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to‘lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.



Foto: Uz24

Kanada — 39,071.90 dollar

Bu yerda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo‘lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta’lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.



Foto: Uz24

Niderlandiya — 39,098.02 dollar

Niderlandiyada asosiy ta’lim tili golland tili bo‘lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta’lim berishga o‘tmoqda.



Foto: Uz24

Avstraliya — 40,762.47 dollar

Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.



Foto: Uz24

Ispaniya — 41,886.99 dollar

2008-yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori o‘rinda turadi.



Foto: Uz24

Meksika — 42,816.51 dollar

Meksikada aksariyat bolalar boshlang‘ich maktabga boradi, ammo 2011-yilda atigi 62 foiz bola o‘rta maktabga kirgan.



Foto: Uz24

AQSh — 43,556.76 dollar

2011-yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnagan bo‘lsa, Yevropada bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil etgan.



Foto: Uz24

Daniya — 46,784.11 dollar

Daniyada ta’lim olish bepul bo‘lib, bu yerda 9 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan.



Foto: Uz24

Norvegiya — 47,313.23 dollar

Norvegiyada muhojirlarning farzandlari uchun ta’lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko‘rsatadi.



Germaniya — 61,418.47 dollar

Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o‘qiydi.



Foto: Uz24

Shveysariya — 69,704.74 dollar

Shveysariyada 26 ta kanton majburiy ta’lim tizimi uchun mas’ul hisoblanadi.



Foto: Uz24

Lyuksemburg — 79,129.67 dollar

Lyuksemburgda ta’lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.



Foto: Uz24

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab umumta’lim maktablari boshlang‘ich va yuqori sinf o‘qituvchilariga toifasiga qarab 1 614 581 so‘mdan – 2 225 864 so‘mgacha to‘lanadi.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.