Britaniya maxsus xizmatlari rossiyalik diplomatlarning avtomobillarini kuzatuv ostiga oladi

Britaniya maxsus xizmatlari rossiyalik diplomatlarning avtomobillarini kuzatuv ostiga oladi


Britaniyaning MI-5 kontrrazvedka xizmati va politsiya razvedka bo‘linmalari Birlashgan Qirollikda qolgan rossiyalik diplomatlar razvedka ishlarini amalga oshirishga jalb etilishlari mumkinligi bois ularning avtomobillarini kuzatuv ostiga olish kerak deb hisoblamoqda.

Bu haqda Daily Mirror gazetasi Britaniya maxsus xizmatlarining xizmat yozishmasiga tayanib xabar berdi.

Hujjatda Rossiya diplomatik avtomobillarining Birlashgan Qirollik hududida harakatlanishini kuzatib borish, ularning qayd raqamlari, harakat yo‘nalishi va mashina ichidagi odamlar soni haqidagi ma'lumotlarni yozib olish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Avvalroq Slovakiya rossiyalik diplomatni josuslik faoliyatiga aloqadorlikda ayblab mamlakatdan chiqarib yuborgandi

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.