Shaxmat bo‘yicha Butunjahon Olimpiadasi chempionlariga Prezident sovg‘asi — Spark avtomobillari sovg‘a qilindi

Turkiyaning Ko‘nya shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosiga O‘zbekiston Prezidenti sovg‘asi — Spark avtomobillari topshirildi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.



Foto: “Xalq so‘zi”

Taqdirlash uchun tashkil qilingan tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Olimpiya qo‘mitasi rasmiylari ishtirok etdi.

Tadbirda olimpiada qahramonlari Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev va Shamsiddin Vohidovlarga Prezident sovg‘asi — Spark avtomobillari taqdim etildi.​



Foto: “Xalq so‘zi”



Foto: “Xalq so‘zi”

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.