“Liverpul” 126 yillik tarixidagi eng yaxshi mavsum startini amalga oshirdi

5-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 15-turida “Liverpul” jamoasi “Byornli” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.



Foto: Google Images

Yurgen Klopp shogirdlari joriy mavsum APLning ortda qolgan 15 turida biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. Jamoa 12 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, 3 ta o‘yinda esa durang qayd etdi. Bunday mavsum starti esa klubning 126 yillik tarixida kuzatilmagan edi.

“Liverpul” hozir APL musobaqa jadvalida 39 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 1-pog‘onada “Manchester Siti” hisobida esa 39 ochko mavjud.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.