67 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

67 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi


Buxoro tumanida 3 dekabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs “Xonobod” MFYda yashovchi A.I.ning uyiga deraza oynasi orqali kirib, xonasidagi shkafidan umumiy qiymati 67 mln 300 ming so‘m bo‘lgan 16 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Galaosiyo shahri Galaosiyo ko‘chasida yashovchi M.N. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.