Deputat: propiska adolatli rejim, deb ayta olmayman

Deputat: propiska adolatli rejim, deb ayta olmayman

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida shu kunlarda muhokama markazida bo‘lib turgan propiska mavzusiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Ochig‘i shu propiska masalasidagi fikrlarni o‘qib turib so‘z va fikr erkinligi bugungi kunimizning eng muhim yutug‘i ekanligini anglayapman. Nima bo‘lganda ham yaxshimi yomonmi fikr borligi muhim. Masalan, ayrimlardan farqli ravishda men propiska tizimini insonda tug‘ilishdan oldin joyni tanlab dunyoga kelish imkoniyati bo‘lmagani uchun real turmushimizdagi adolatli rejim, deb ayta olmayman. Bu mening shaxsiy fikrim, yoqadimi yo‘qmi bunisi menga qiziqmas. Bu mening fikrim!», - deydi R.Kusherbayev.

Bundan avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasining boshqa bir deputati Akmal Umurzoqov ham shu mavzuda fikr bildirib, propiskani inson huquqlarining buzilishi sifatida qarash mutlaqo xatoligini, agar propiskani bekor qilsa, Toshkentda jinoyatchilik ko‘payib ketishi mumkinligini ta'kidlagandi.

Propiska tarixi qayerga borib taqaladi? Propiska haqida haqiqatlar


Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.