Hindistonning taniqli aktyorlari Ranvir Singx va Dipika Padukone turmush qurdi (foto va video)

Bollivudning taniqli aktyorlari 33 yoshli Ranvir Singx va 32 yoshli Dipika Padukone turmush qurdi. “Yulduzli to‘y” suratlari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.



Foto: Instagram / @deepveer_addict

Ushbu juftlik muxlislar tomonidan “Bollivudning eng chiroyli juftligi” deya e’tirof etilgan.

Ranvir va Dipikaning to‘yi 14-noyabr kuni Italiyadagi Komo ko‘lida joylashgan Balbyanello villasida, faqat oila a’zolari va yaqin do‘stlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Yulduzli juftlik bir necha kundan so‘ng to‘yini Hindistonda davom ettirdi. 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu kechaga Bollivudning eng taniqli aktyorlari, rejissorlari va xonandalari tashrif buyurdi.

Dipika Padukone Bollivudning eng taniqli aktrisalaridan biri bo‘lib, uning boyligi 15 million dollar deya baholanadi. U turmush o‘rtog‘i Ranvir bilan 2012-yilda, “Ram va Lila” filmining suratga olish jarayonida tanishgan.

Dipika Kopengagenda, hindlar oilasida dunyoga kelgan. O‘sha yerda maktabni tamomlagan va Hindistonga qaytib, Dehli univeristetining iqtisodiyot fakultetida o‘qigan. Talabalik davridayoq model sifatida faoliyat yuritgan. U o‘sha paytlardayoq Hindistonning eng yaxshi modellaridan biri bo‘lgan. Maybelline brendi reklamasida suratga tushganidan so‘ng esa mashhur bo‘lib ketgan.

Ranvir Singx AQShda aktyorlik mahoratini o‘rgangan. So‘ng Hindistonga qaytgan va serdaromad aktyorga aylangan.



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict



Foto: Instagram / @deepveer_addict


Hindistonning taniqli aktyorlari Ranvir Singx va Dipika Padukone turmush qurdi (foto va video)

Foto: Instagram / @deepveer_addict

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.