Luka Modrich — 2018-yilgi “Oltin to‘p” sohibi!

France Football nashri 2018-yilgi “Oltin to‘p” sohibini aniqladi. Unga ko‘ra, “Real Madrid” hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich “Oltin to‘p”ga ega chiqdi.



Foto: Twitter

U so‘rovnomada Krishtianu Ronaldu (“Real”/“Yuventus”), Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid”) va Kilian Mbappe (PSJ)ni ortda qoldirdi.

Shu tariqa Modrich Ronaldu—Messining 10 yillik erasidan so‘ng “Oltin to‘p” sohibi bo‘lga birinchi futbolchi bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Modrich avvalroq FIFA tasnifiga ko‘ra ham yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.