O‘zbekistonda «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyat boshladi. Tashkilot ishsizlik muammosiga qarshi kurashmoqchi

O‘zbekistonda «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyat boshladi. Tashkilot ishsizlik muammosiga qarshi kurashmoqchi

Toshkent shahridagi «Intercontinental» mehmonxonasida «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston uchun eng yangi tarmoq vazifasini bajaradigan ushbu agentlik fuqarolarga ikki yirik yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi, ya'ni xorijda va yurtimizda fuqarolarning talabiga, sharoitiga mos, ijtimoiy kafolatlangan ish topishda yordam beradi. Ushbu tashkilot Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy ro‘yxatidan o‘tgan holda qonuniy faoliyat olib boradi va uning maqsadi mehnat bozorida mustahkam o‘rin egallab, ishsizlik masalasini hal qilish hisoblanadi.


Yangi tashkil etilgan agentlik xorij va mahalliy ish beruvchilar bilan ish qidirib yurgan yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi eng ishonchli hamkor bo‘la oladi. Agar siz xorijda qonuniy mehnat qilmoqchi bo‘lsangiz yoki yurtimizda qolib, ish qidirayotgan bo‘lsangiz, agentlikka murojaat qilishingiz mumkin.


Tadbir avvalida agentlik rahbari so‘zga chiqib jurnalistlar, vakillik tashkilot mas'ullariga bir qancha muhim ma'lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, agentlik mehnat bozori talablarini chuqur o‘rganib malakali mutaxassislarni daromadli sohalarga jalb qilishda yetakchi vazifani bajarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, agentlik xorijdagi ish beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatgan bo‘lib, yuqori haq to‘lanadigan ish topishga ko‘maklashadi va ayni paytda Chexiya, Polsha, Germaniya, Litvadagi mehnat tashkilotlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.



Yana bir muhim jihatlardan biri shuki, «Human» bandlik agentligi chet elga mehnat qilish uchun ketgan hamyurtlarimizning huquqlarini to‘liq kafolatlaydi. Ular duch kelgan masalalarni hal qilishga amaliy ko‘mak beradi. Bir so‘z bilan aytganda, ish jarayoni va yashash bilan bog‘liq barchasi agentlik zimmasidagi vazifalardir.

Mover'da ko‘rish



Youtube'da ko‘rish


Reklama huquqi asosida

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.