Prezident Xorazm viloyatiga tashrifini yakunladi

Prezident Xorazm viloyatiga tashrifini yakunladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Urganch shahri markazida Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari 30 noyabr kuni Al-Xorazmiy va Pahlavon Mahmud ko‘chalari kesishmasidagi ushbu maydonga tashrif buyurib, qurilish loyihalari bilan tanishdi.

Jaloliddin Manguberdi haykali buyuk bobomizning jasorati va shonu shavkatiga mos mahobatli bo‘lishi, uning atrofidan nur taralib turishi kerakligini ta'kidladi.

«Bu maydonda tariximiz namoyon bo‘lishi, u Xorazmning «tashrif qog‘ozi»ga aylanishi kerak. Shuning uchun tarixchi olimlar bilan maslahatlashib, maydonni chuqur mazmunli, chiroyli, jozibali qilish zarur», - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

Prezident bog‘ hududini kengaytirish va obodonlashtirish, har bir elementda qadimiylikni aks ettirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan.

Shu yerda Urganch shahri markazini batafsil rejalashtirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurish, issiqlik va ichimlik suvi ta'minotini yaxshilashga doir loyihalar bo‘yicha ham ma'lumot berilgan.

Prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.