Xorazmda Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi. Kun tartibiga viloyatga hokim tayinlash masalasi kiritilgan

Xorazmda Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi. Kun tartibiga viloyatga hokim tayinlash masalasi kiritilgan


Urganch shahrida 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi ochildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari Xorazm viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Joriy yilda viloyatda 312ta investitsiya loyihasi bajarilib, yangi korxonalar ishga tushirilgan. Yil yakuni bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 16 foiz, eksport 22 foiz o‘sishi kutilmoqda.

100ta davlat va xususiy maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etilib, bolalarni bog‘chalarga qamrab olish 33 foizga yetgan.

Xorazm uchun muhim bo‘lgan elektr energiyasi va toza ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash bo‘yicha ham muayyan ishlar qilindi. 254 kilometr elektr, 456 kilometr suv tarmoqlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Prezident o‘tgan davrda yaratilgan ish o‘rinlari yetarli emasligi, viloyatda ishsizlik saqlanib qolayotganini ta'kidladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini ko‘paytirish, yangi sanoat korxonalari tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlik darajasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Sessiya kun tartibiga Xorazm viloyatiga hokim tayinlash masalasi kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprelida 2017 yilning oktabridan Xorazm viloyatini boshqargan Ilgizar Sobirov lavozimdan olingandi. Sobirov keyinroq jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisi lavozimida ish boshladi.

Aprel oyidan buyon viloyatni Farhod Ermanov vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi sifatida boshqarib kelmoqda.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.