Twitter Rossiya hukumatining iltimosiga ko‘ra Putinning soxta akkauntini blokladi

Twitter Rossiya prezidenti Vladimir Putinning akkaunti deb qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ingliz tilidagi @putinRF_eng akkauntini blokladi, xabar beradi Tjournal nashri.



Foto: Tjournal

Kompaniya buni Rossiya hukumatining “ishonchli bayonoti”dan so‘ng amalga oshirganini tushuntirdi. Twitter matbuot kotibi Yan Plankett akkaunt Putin bilan bog‘liq emasligini tasdiqladi.

29-noyabrga o‘tar kechasi @putinRF_eng akkauntining faoliyati to‘xtatildi. Google kesh nusxasidan ko‘rinib turibdiki, profil 1,01 million kuzatuvchilarni yig‘ishga ulgurgan. Profilning ko‘k maxsus belgisi yo‘q, ammo sahifa tasnifida u prezidentning rasmiy vakolatxonasi ekanligi ko‘rsatilgan.

OAV akkauntni parodiya ekanligini ma’lum qildi, ammo unda mutlaqo hech qanday parodiya alomatlari bo‘lmagan: asosan u yerda Kreml saytining ingliz tilidagi sahifasiga olib kiradigan manbalar ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga xuddi shunday 2,2 million obunachilarga ega @PutinRF rus tilidagi akkaunti ochiqligicha qolmoqda. Darvoqe, Putin bir necha bor hech qanday akkaunti yo‘qligini ta’kidlagan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.