Prezident Xorazmga yetib bordi

Prezident Xorazmga yetib bordi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 noyabr kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Tashrif davomida hududdagi bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati, transport va turizm infratuzilmasi, ta'lim va madaniyat muassasalari bilan tanishish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari Urganch xalqaro aeroportidan Shovot tumaniga yo‘l oldi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.