Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga boradi

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga boradi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida shu paytgacha bajarilgan ishlarni tahlil qilish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalarni belgilab olish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 15 noyabr kuni mamlakat hududlariga safarlarining navbatdagi bosqichini boshlagan, birinchi safar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.