Hokimlik uyidan noqonuniy foydalangan mansabdor shaxs aniqlandi

Hokimlik uyidan noqonuniy foydalangan mansabdor shaxs aniqlandi


Ayrim fuqarolar noqonuniy hatti-harakatlarini hech kim bilmaydi, deb hisoblaydilar. Shundaylardan biri – Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalanish boshqarmasi rahbari F.U. bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati.

Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Jizzax shahar, Sayiljoyi mahallasi, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 63-uyda joylashgan Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalanish boshqarmasiga tegishli bino ko‘zdan kechirilganda boshqarma rahbari F.U. bino tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasini hisoblash uskunasi ko‘rsatgichini sun'iy ravishda to‘xtatish maqsadida tok transformatorlariga kelgan uch dona simlarni uzib, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida elektr ta'minoti korxonasiga manfaatiga 122 mln. 845 ming so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mansabdor shaxs ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185(2)-moddasi 4-qismidagi jinoyatni sodir etgan.

F.U.ga sodir etgan harakatining huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, elektr ta'minoti korxonasiga yetkazilgan 122 mln. so‘mdan oshiq zarar qoplandi.

Shundan so‘ng, boshqarma rahbari 30 kunlik muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan.

Natijada, jinoyat oqibatlarini bartaraf etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.