Erkinjon Turdimov Paxtachida sayyor qabul o‘tkazadi

Erkinjon Turdimov Paxtachida sayyor qabul o‘tkazadi


Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov 24 noyabr kuni Paxtachi tumanida sayyor qabul o‘tkazadi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, 24 noyabr kuni soat 09:00dan boshlab, viloyat hokimi rahbarligidagi barcha viloyat tashkilotlari Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasidagi «Paxtachi pedagogika kolleji» binosida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Ziyovuddin shaharchasi, A.Temur mahallasi, Hamid Olimjon ko‘chasidagi manzilga keladigan murojaatchilar o‘z muammolari, taklif va mulohazalarini viloyat hokimiga bildirishi mumkin bo‘ladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.