Putin armiyada katta ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilishiga va'da berdi

Putin armiyada katta ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilishiga va'da berdi


Rossiya qurolli kuchlarining katta ko‘lamli qayta jihozlanishi strategik paritetni saqlab qolishga va Rossiyani tashqi tahdidlardan himoyalashga imkon beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.

“2021 yilgacha armiya va flotdagi zamonaviy qurol va texnika ulushi kamida 70 foizni tashkil qilishi kerak”, deb aytgan Putin Sochida harbiy mavzuda o‘tgan yig‘ilishda.

Rossiya rahbarining ta'kidlashicha, qo‘shinlarning bunday katta ko‘lamli qayta jihozlanishi armiya oldida turgan barcha vazifalarni hal qilishga imkon beradi.

25 oktabrda Putin qo‘shinlarning jangovar va tezkor tayyorgarligi darajasini oshirishga ko‘rsatma bergan. U harbiylarni bunda Suriyadagi harbiy operatsiyalar tajribasini to‘liq hisobga olishga chaqirgan.

2017 yil noyabrida Putin harbiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshishini e'lon qilgan. U aytganidek, iqtisodiyotning kerakli vaqtda mudofaa mahsuloti ishlab chiqarish hajmini tez oshira olishi davlat xavfsizligini himoya qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.