Halol odamlar ichida 25 ming dollar bo‘lgan sumkani topib olib, uni egasiga qaytarib berishdi

Halol odamlar ichida 25 ming dollar bo‘lgan sumkani topib olib, uni egasiga qaytarib berishdi


AQShning Jorjiya shtati, Rinkon shahrida yashovchi er-xotin ichi to‘la pul bo‘lgan sumkani topib oldi va uni egasiga qaytarib berishdi. Bu haqda WSB-TV xabar qilmoqda.

Jyeff va Mishel Grin tomonidan topib olingan inkassatorlik sumkasida taxminan 25 ming dollar bo‘lgan. Er-xotin topilmani politsiyaga qaytarib berdi.

Bu paytga kelib politsiya sumka yo‘qolib qolgani haqida bilib bo‘lgandi. Avvalroq do‘kon egasi Gautambxay Patel ichida pullar bo‘lgan sumkani yo‘qotib qo‘ygani haqida xabar bergan. Politsiya surishtiruv ishlarini boshladi, biroq vijdonli fuqarolar pulni topishi va qaytarib berishiga umid qilishgan.

Rinkon politsiyasi departamenti Grin va Gautambxayning uchrashuvi paytida olingan fotosuratni Facebook’da e'lon qildi hamda qonun va vijdon topib olingan pullarni egasiga qaytarish kerakligini talab qilishi haqida eslatdi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.