Putinning an'anaviy matbuot anjumani sanasi ma'lum bo‘ldi

Putinning an'anaviy matbuot anjumani sanasi ma'lum bo‘ldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun katta matbuot anjumani 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda RBK prezident ma'muriyatiga yaqin ikki manbaga asosan xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Kreml aynan shu sanani mo‘ljallamoqda, u asosiy bo‘lib turibdi, deya aytib o‘tishgan davlat rahbari ma'muriyatiga yaqin bo‘lgan manbalar.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov RBK’ning ma'lumotga izoh berish haqidagi murojaatiga shunday dedi: «Biz matbuot anjumani haqida o‘z vaqtida xabardor qilamiz».

Bu yil Rossiya prezidentining hisob bo‘yicha 14-katta matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Rossiyalik va xorijiy jurnalistlarning savollariga javob berish bo‘yicha an'anaviy shakl Putin tomonidan 2001 yildan buyon foydalanib kelinmoqda. Bosh vazir bo‘lganida, u bunday matbuot anjumanlarini o‘tkazmagan.

Prezidentning birinchi matbuot anjumani eng qisqa bo‘lgan - 1 soat-u 35 daqiqa. Jurnalistlar bilan muloqot vaqti bo‘yicha rekordga uning ikkinchi muddati yakunidagi matbuot anjumani aylandi - 4 soat-u 40 daqiqa. Putin 106 savolga javob qaytargan.

O‘tgan yili davlat rahbarining matbuot anjumani deyarli 3 soat-u 50 daqiqa davom etdi.

Manba: Kun.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.