O‘zbekiston DXX raisi Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston DXX raisi Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi


Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov 14 noyabr kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar maxsus xizmatlari konferensiyasining 21-yig‘ilishi ishtirokchilarini qabul qildi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbari bilan uchrashuvda Ozarboyjon Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i Madat Guliyev, Ozarboyjon Tashqi razvedka xizmati boshlig‘i Orxan Sultonov, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurgali Bilisbekov, Qozog‘iston Tashqi razvedka xizmati direktori Isatay Sirtayev, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Idris Qodirqulov, shuningdek, Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginboyev va Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi mudiri Doniyor Sidiqov ishtirok etdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

«Biz qardosh va yaqin xalqlarmiz hamda maxsus xizmatlar rahbarlarining har yillik uchrashishi bo‘yicha 20 yillik an'anani saqlab qolib, sizlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlayotganingiz va rivojlantirayotganingiz, tajribangiz bilan almashayotganingiz hamda keng ko‘lamli milliy, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilayotganingizdan mamnunmiz», - dedi Sooronbay Jeenbekov. Uning ta'kidlashicha, ushbu konferensiya butun mintaqa uchun muhim voqeadir.

Uning qayd etishicha, mintaqa davlat rahbarlari, birinchi navbatda, qardosh xalqlarning xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan, maxsus xizmatlarning yaqin va samarali hamkorligiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Manba: Kun.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.