Angliyalik futbolchi Jo Koul 37 yoshida futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ydi

Angliya terma jamoasi hamda “Chelsi” klubi sobiq yarim himoyachisi Jo Koul futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.



Foto: Sky Sports

37 yoshli futbolchi so‘nggi mavsumlarda Shimoliy Amerikaning nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan “Tampa-Bey Roudis” klubida to‘p surdi.

Ma’lumot uchun, Jo Koul “Vest Hem”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Aston Villa” kabi klublar safida o‘ynagan. U uch marta Angliya chempioni bo‘lgan. Shunigndek, Angliya Kubogini uch bor qo‘lga kiritgan.

Angliya terma jamoasi safida esa 56 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan. Uch martadan Jahon va Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.