ShHT maxsus xizmatlari 2017-yilda 50 dan ortiq terrorchi tashkilot tarmog‘i faoliyatiga chek qo‘ydi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari 2017-yilda terrorchi tashkilotlarning 50 dan ortiq tarmog‘i faoliyatiga chek qo‘ydi, 150 nafardan ortiq terrorchini qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkentda ish boshlagan ShHT Mintaqaviy aksilterror tizimi xalqaro anjumanida MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.



Foto: O‘zA

MATT rahbariga ko‘ra, yil davomida terrorchi va diniy-ekstremistik internet guruhlarning 360 nafar qatnashchisi faoliyatining oldi olindi. Shunday kontentga ega veb-saytlar ma’murlari va moderatorlariga nisbatan 122 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Internet tarmog‘ini terrorizm va ekstremizm maqsadlarida foydalanishga qarshi turish maqsadida 500 mingdan ortiq material jamlangan 80 ming internet-resursga kirish imkoniyati cheklandi”, — ta’kidladi Yevgeniy Sisoyev.

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.