Xizmatlar sohasida qancha korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatayotgani aytildi

Xizmatlar sohasida qancha korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatayotgani aytildi


Hozirgi vaqtda respublika hududida 316,0 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, xizmatlar sohasida 209,5 mingta korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlar sonidagi ulushi 66,1%ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

2018 yil 1 oktabr holatiga, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar (33,1%) yuqori ulushni egallaydi.

Yaqin va uzoq xorij davlatlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish yashash va ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilot sonining o‘sishiga ta'sir ko‘rsatdi. Ularning ulushi 9,2%ni tashkil etdi.

Tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxona va tashkilotlar umumiy sonidagi ulushi 6,2%ni tashkil etdi.

Axborot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarning ulushi 3,3%ni tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning ulushi 3,1%ni tashkil etdi.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 105244,8 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 108,9%ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan transport xizmatlari hajmi 10,5 trln. so‘mga, savdo xizmatlari (6,9 trln. so‘m), moliyaviy xizmatlar (4,0 trln. so‘m), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (1,5 trln. so‘m), ta'lim xizmatlari (1,1 trln. so‘m) oshganligi kuzatildi.

Xizmatlar hajmining nisbatan sezilarli bo‘lmagan holda oshishi sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar bo‘yicha kuzatildi. Ularning hajmi 2017 yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,3 trln. so‘mga oshdi.

Eng yuqori o‘sish sur'atlari me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (131,3%), moliyaviy xizmatlar (25,4%), ta'lim sohasidagi xizmatlar (124,2%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (117,3%), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (114,5%) kabi xizmat turlarida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijdan pul o‘tkazmalari asosan qaysi viloyatlarga yuborilishi ma'lum bo‘lgandi.

Manba: Kun.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.