Qozog‘istonlik qizcha Rossiya teleshousida 35 soniyada 18 varaq matnni o‘qib berdi (video)

Qozog‘istonlik Adina Manatbekova “Rossiya 1” telekanalining “Ajabtovur odamlar” ko‘rsatuvida ishtirok etdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar bermoqda.


Qozog‘istonlik qizcha Rossiya teleshousida 35 soniyada 18 varaq matnni o‘qib berdi (video)

Foto: “Tengrinews”

Qizcha hakamlar hay’atini o‘zining tez o‘qishi bilan hayratlantirdi. U 35 soniya ichida 18 varaq matn o‘qidi.

Adina nafaqat tez o‘qiydi, balki o‘qigan narsasini tushunadi ham. U 2016-yilda bir daqiqada 94 mingta so‘z o‘qib, uning mazmunini 90 foizga tushunishi bilan rekord o‘rnatgan.


Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.