Fazliddin G‘oibnazarov prof ringdagi 6-jangida nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi 6-jangini o‘tkazdi.



Foto: Instagram

Fazliddinga prof ringdagi 6-jangida amerikalik bokschi Uilbert Lopes raqiblik qildi. G‘oibnazarov jangning 2-raundida Lopesni nokautga uchratib g‘alabaga erishdi.

Fazliddinning bugungi g‘alabasi bilan professional ringdagi janglari soni 6 taga yetdi. Bokschi ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 3 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etishga erishgan.

Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq edi. U professional ringda bugunga qadar 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongandi. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan va 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygandi. Bugungi jang uning uchun 10-mag‘lubiyat bo‘ldi.

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.