Olimpiya o‘yinlari sovrindori Olga Zabelinskaya O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni taqdim qildi

Fransiyada professional velosportchilar o‘rtasida Chrono des Nations xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya ham ishtirok etdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.



Foto: MOQ matbuot xizmati

26,5 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada Zabelinskaya barcha raqiblarini ortda qoldirdi va birinchi bo‘lib marraga yetib bordi. U 35 daqiqa 54 soniya (o‘rtacha tezlik 45 km/soat) natija bilan oltin medalga ega chiqdi. Undan keyingi o‘rinni 12 soniya kech marraga kirib borgan daniyalik Emma Yorgensen egalladi. Kuchli uchlikka peshqadamdan 35 soniya kech qolgan mezbon sportchi Oudri Kordon-Ragot yakun yasadi.

Qayd etish lozim, Zabelinskaya har yili o‘tkaziladigan ushbu musobaqada to‘rtinchi marotaba ishtirok etdi. Ammo u ilk g‘alabasini aynan shu mavsumda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi tarkibida Zabelinskaya 2012-yilda Londondagi Olimpiadada ikkita bronza(yakkalik va jamoaviy bahslarda) medalini qo‘lga kiritgan. 2016-yilda Riodagi olimpiya o‘yinlarida esa yakkalik bahslarida kumush medaliga sazovor bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.