Buryatiyada 13 yoshli bolaning kartoshka qazadigan mashina uzib yuborgan qo‘li ulandi

Rossiyaning Buryatiya Respublikasida o‘smirning kartoshka qazadigan mashina uzib yuborgan qo‘lini muvaffaqiyat ulashga erishdi. Bu “TASS” xabar berdi.


Buryatiyada 13 yoshli bolaning kartoshka qazadigan mashina uzib yuborgan qo‘li ulandi

Foto: “MK.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, 13 yoshli bola bilan baxtsiz hodisa 19-sentabrda yuz bergan. Kartoshka qazadigan mexanik mashinaning o‘tkir pichoqlari bolaning chap qo‘lini kesib ketgan. Boalalar travmatologlari, meyrojarrohlari va yurak-qon tomir jarrohi qo‘lni o‘zjoyiga ulab qo‘ygan. Operatsiyadan keyin o‘smir ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida jonlantirish bo‘limida qolgan, keyin esa umumiy bo‘limga o‘tkazilgan.

Murakkab operatsiya besh soat davom etgan. Hodisadan keyin o‘smir kasalxonaga olib borilgan, i hushida bo‘lgan, biroq karaxt holatda edi. Uzilib ketgan qo‘lni operatsiyagacha saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan: u muz solingan sumkada olib kelingan. Baxtsiz hodisadan keyin operatsiya boshlanguniga qadar 4—5 soat vaqt o‘tgan. Uzilgan a’zoni kelajakdagi asoratlarsiz saqlab qolish uchun esa olti soat kerak bo‘ladi.

Qo‘lni tiklash uchun jarrohlar o‘ng oyoqdan olingan vena bo‘lagi yordamida arteriyaning kichik qismini o‘stirishiga to‘g‘ri kelgan.

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.