Toshkentda yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun vaqtinchalik foydalanish huquqi asosida yer uchastkalari ajratiladi


Фото: Pixabay

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimligining “Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi to'g'risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi to'g'risidagi nizom;

yuridik va jismoniy shaxslarning yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish to'g'risidagi murojaatlarini ko'rib chiquvchi ishchi guruh tarkibi;

yengil turdagi qurilmani kunduzgi va tungi ko'rinishining namunaviy eskiz loyihasi tasdiqlanishi mumkin.

Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig'i, Qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i:

Toshkent shahri hududidagi yer uchastkalarini monitoringini puxta tahlil qilish natijalariga ko'ra, foydalanilmayotgan yer uchastkalarini aniqlanishi ta`minlansin, keyinchalik, ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar asosida ajratib beriladigan yer uchastkalari ro'yxatiga kiritadilar;

yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida murojaat takliflarini ko'rib chiqish bo'yicha ishchi guruh faoliyati tashkil etiladi, oydinlik va oshkoralik tamoyillariga rioya etilishi ta`minlaydi;

yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi to'g'risida nizomning mazmun mohiyati, joylashtiriladigan obektlarga foydalanish huquqini olish uchun yaratilishi lozim bo'lgan ish o'rinlar sonini, sotilishi mumkin bo'lgan tovarlar ro'yxati rasmiy veb-saytlarga joylashtirilishini ta`minlaydi.

Tuman hokimlari, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Qurilish bosh boshqarmasi, Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi:

yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish to'g'risidagi Toshkent shahar hokimining qarorini olgan yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlariga, shu jumladan, savdo va xizmat ko'rsatish qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalar va gigiyenik normativlarga qat`iy rioya qilish;

xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo'llash;

bank plastik kartochkalardan foydalangan holda to'lovlarni qabul qilish bo'yicha hisob-kitob terminali mavjudligini ta`minlash;

atrof hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;

ish kuni tamom bo'lgandan keyin savdo joyini zarur tarzdagi sanitariya holatiga keltirish masalalari nazoratga olinadi.

Yengil turdagi qurilmalar joylashtirilgan joyda savdo, xizmat ko'rsatish va mavsumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi shart:

qonun hujjatlariga, shu jumladan, chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga qat`iy rioya qilish;

xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo'llash;

bank plastik kartochkalardan foydalangan holda to'lovlarni qabul qilish bo'yicha hisob-kitob terminali mavjudligi;

obekt va atrof hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;

obektdagi mas`ul ishchi va xodimlarda sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlarning asl nusxalari bo'lishi, shuningdek,ular nazorat organlarining mansabdor shaxslari talablariga ko'ra ko'rsatilishi kerak;

ish kuni tamom bo'lgandan keyin obekt va uning atrof hududini zarur tarzdagi sanitariya holatiga keltirish;

maishiy maqsadlaridagi texnik jihatdan murakkab tovarlar;

tez buziladigan tovarlar va bolalar ovqati mahsulotlari;

hayvonlar;

aksiz solig'iga tortiladigan tovarlar savdosini amalga oshirmaslik kerak.


Manba: Kun.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.